Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda 27 ming kishi ichimlik suvidan zaharlangani xabar qilinmoqda
Iroq janubidagi Basra viloyatida 27 ming kishi ichimlik suvidan zaharlandi, deb xabar berdi Al-Sumaria telekanali Iroq vakillar palatasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Hasan al-Kaabiyga tayanib.
Avvalroq Basra shahri sog‘liqni saqlash bo‘limi bosh direktori Riyod Abd al-Amir 14 ming kishi jabrlangani haqida ma'lum qilgandi.
"Basra viloyatida 27 ming kishi ifloslangan suvdan zaharlanishi jiddiy hodisa hisoblanadi", — dedi amaldor.
Al-Kaabiy viloyatga investitsiyalar kiritish zarurligini tasdiqladi va viloyat aholisi uchun ish o‘rinlari yaratishga chaqirdi.
Iroqning Basra viloyatida 8 iyuldan buyon ishsizlik va kommunal sohadagi muammolarga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda. Namoyishchilar hukumatdan elektr va suv ta'minotidagi uzilishlarga chek qo‘yishni talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026