10:49 / 15.10.2018
9011

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni aytildi 

Foto: Getty Images

2018 yil 1 oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 6960tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1590taga yoki 29,6%ga o‘sgan. Shuningdek Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 3764tasi qo‘shma korxonalar, 3196tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar 4394ta (63,1%), Toshkent viloyati 782ta (11,2%) va Samarqand viloyatlari 376ta (5,4%) hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 66ta (0,9%), Qashqadaryo viloyati 72ta (1,0%), Navoiy viloyati 90ta (1,3%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 109ta (1,6%) hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ushbu ma'lumotlarni 2018 yil 1 oktabr holatiga ko‘rilsa, eng ko‘p sanoatda 2818ta (40,5%), savdoda 1484ta (21,3%) hamda boshqa faoliyat turlarida esa 1180ta (16,9%) tashkil qilgan. 

Eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 90ta (1,3%), axborot va aloqada 181ta (2,6%), tashish va saqlashda 207ta (3,0%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 286ta (4,1%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 289ta (4,2%) va qurilishda 425ta (6,1%) tashkil qilgan. 

Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat yuritadigan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turiga to‘gri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘gri keladi.

2018 yilning yanvar-sentabr oyida xorijiy kapital ishtirokidagi ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning soni 1659tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1073taga ko‘paygan.

Bunda, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari kapitali ishtirokida – 306ta, Turkiya Respublikasi – 260ta, Xitoy Xalq Respublikasi - 232ta, Qozog‘iston Respublikasi – 188ta va Koreya Respublikasi – 129ta yangi korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 2018 yil davomida Afg‘oniston Islom Respublikasi,Hindiston Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ukraina, Ozarboyjon va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdilar.

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, asosan sanoatda 508ta, savdoda 444ta, qurilishda 159ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 133ta hamda boshqa faoliyat turlarida 415ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etilgan.

Mavzuga oid
Top