O‘zbekiston | 13:29 / 16.10.2018
70910
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir hokim o‘rinbosari va kadastr bo‘limi mutaxassisi ushlandi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «G.S.» MChJ rahbari U.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Quva tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.R. va tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q. tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'mirlash ishlarini bajarish majburiyatini «G.S.» MChJ zimmasiga yuklash evaziga «G.S.» MChJ rahbari U.dan kelishilgan 1500 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X.R. va kadastr bo‘limi mutaxassisi Sh.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangandi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid