Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari pora bilan qölga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boşqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda, Qumqörğon tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari F.A. fuqaro M.A.dan Qumqörğon tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritiş uçun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilişini va'da qilib, 5000 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Öz.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xiva şahar hokimining örinbosari pora olayotganida qölga tuşgani xabar qilingandi.













