14:00 / 16.10.2018
9426
Reklama

Kecha-yu kunduz mijozlar xizmatidamiz!

Foto: Qishloq qurilish bank

Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ining 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda.

Kuni kecha poytaxtning Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida hamda Andijon viloyatining Andijon shahrida navbatdagi shoxobchalar foydalanishga topshirildi. Aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy  xizmatlar  ko‘lamini  kengaytirish  maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur shoxobchalar zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan.

Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida plastik kartalaridagi so‘m mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin.

Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisob-varag‘i harakati to‘g‘risida ma'lumot olish, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish imkoniyati  mavjud.

Foto: Qishloq qurilish bank
Foto: Qishloq qurilish bank

Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni  amalga oshirish mumkin.

E'tiborga molik jihati, Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga  klaviaturali infokiosk qurilmalari o‘rnatilgan. Bu qurilma yordamida “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan  yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shoxobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarishmoqda. 

Shoxobchalarga o‘rnatilgan infomonitorlar   foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, xizmat ko‘rsatish tariflari va videomateriallar bilan tanishish imkonini beradi.  

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar aholi gavjum xududlarda tashkil qilinmoqda. Xususan, poytaxtdagi bunday shoxobchalar hozirda “Mirobod dehqon bozori”, “Askiya dehqon bozori”, “O‘rikzor savdo kompleksi”ga yaqin xududlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoxobchalarda nogiron fuqarolar foydalanishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.

Foto: Qishloq qurilish bank
Foto: Qishloq qurilish bank

“Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa xududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bank tomonidan shoxobchalarda avtomatlashtirilgan, valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlar ishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning!

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Ma'lumot uchun:

Telefon: 71 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Top