Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikol Pashinyan iste'foga chiqdi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste'fo berdi. U bu haqda mamlakat televideniyesi orqali chiqishida e'lon qilgan.
U navbatdan tashqari parlament saylovlari boshlanguniga qadar bosh vazir vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.
«Men iste'fo beraman (...). Barchaga saylovlarda muvaffaqiyat tilayman. Bu formal xarakterdagi iste'fo. Men bosh vazir vakolatini bajarishda davom etaman. Biz saylov adolatli o‘tishiga kafolat beramiz», — degan Pashinyan.
Nikol Pashinyan shu yilning may oyida ommaviy namoyishlar orqali hokimiyat tepasiga kelgandi (namoyishlar mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirga aylanib olishi ortidan boshlangandi).
U parlament tarqatib yuborilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishi uchun iste'foga chiqdi.
Pashinyanning «Fuqarolik kelishuvi» partiyasi mamlakat parlamentida 105 mandatdan atigi 5 mandatga ega hisoblanadi. Pashinyan saylovlardan keyin vaziyat o‘zgarishiga umid qilmoqda.
Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, bosh vazir iste'foga chiqqanidan keyin mamlakat parlamenti 14 kun ichida hukumatning yangi rahbarini saylashi kerak bo‘ladi. Agar bu ish ikki urinishda amalga oshmasa, parlament tarqatib yuboriladi va navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkaziladi.
Ayni vaqtda Armaniston parlamentining 4 fraksiyasi hukumat rahbarligi uchun nomzodlarini ilgari surmasligini ma'lum qilgan. Pashinyanning rejasiga ko‘ra, muddatidan ilgarigi parlament saylovlari dekabr oyining birinchi yarmida o‘tkazilishi kerak.
Mavzuga oid
09:23 / 18.07.2026
Fedorov iste’fosi Ukrainada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi
08:58 / 16.07.2026
Ukrainada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:20 / 02.07.2026