Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Trastbank» - oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida ishonchli hamkor
Ma'lumki, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari vakillariga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi PQ-3777-sonli qarori ham ana shu yo‘lda qo‘yilgan katta qadamlardan biri bo‘ldi.
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Samarqand filiali ham viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, bunda esa bank kreditlaridan unumli foydalangan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Biz Prezident qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar mazkur bank filiali tomonidan qanday amalga oshirilayotgani bilan yaqindan tanishish uchun «Trastbank»ning Samarqand shahri Gagarin ko‘chasida joylashgan binosiga bordik.

Qayd etib o‘tish joizki, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan mazkur dastur mehnatkash xalqimizning hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, shu bilan birga ixcham issiqxonalar tashkil etish borasidagi tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va xususiy tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan aholi uchun yanada keng imkon berdi.
Viloyatda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda istiqomat qiluvchi aholining moddiy sharoitlarini tubdan o‘zgartirish, ularning turmush tarzida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida, bankning Samarqand filiali mutaxassislari har bir mahalla hududida xonadonma-xonadon yurib, aholining bank kreditlaridan unumli foydalanishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Xususan, «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Samarqand filiali jamoasi ham «Tomorqa — ro‘zg‘or xazinasi» degan hikmatli naqlning asl mohiyatini viloyat aholisiga yetkazgan holda ular xonadonidagi har bir qarich yeridan unumli foydalanishlari, xonadonlarda issiqxonalar tashkil etishlari, bunda zarur materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishlari uchun moliyaviy ko‘mak sifatida mikrokredit ajratishni yo‘lga qo‘ydi.

2018 yilning 9 oyi davomida bank tomonidan «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida jami 60 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari asosan chorvachilik va issiqxonalar tashkil etish maqsadlariga yo‘naltirildi.
«Xususiy tadbirkorlik nafaqat qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi, qolaversa, farzandlarim tarbiyasida ham ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Chunki tadbirkorligim asnosida bolalarim halol mehnat qilib, o‘z kuchi bilan daromad topishni o‘rganmoqda. Ochig‘i, mehnatim orqasidan kam bo‘lmadik, oila a'zolarimiz bandligini ta'minladik, uyimizni zamonaviy ko‘rinishda qayta ta'mirladik. Bularning barchasi tadbirkorligimdan olayotgan daromadlarimiz samarasidir» — deydi samarqandlik xususiy tadbirkor Nigora Mirkomilova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Samarqand filiali tomonidan dastur dorasida ajratilgan mablag‘lar hisobiga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Bunday sharoitlarni yaratib, biz kabi tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak berayotgan «Trastbank»dan juda minnatdormiz», — deya so‘zini yakunladi tadbirkor Nigora Mirkomilova.
— «Bugungi kunda filialimiz kichik biznes korxonalarining biznes loyihalarini, ayollar va yoshlar tadbirkorligini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida filialimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush farovonligini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida jami 67 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi», — deydi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Samarqand filiali boshqaruvchisi Alisher Musayev.

«Filial tomonidan aholining faol qismiga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida berilgan mikroqarzlar miqdori 1 mlrd. 605 mln. so‘mni tashkil qildi. Shundan 476 mln. so‘m miqdoridagi kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga maqsadlariga yo‘naltirildi. Filial miqyosida 2018 yil boshidan boshlab jami ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha 236 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yanada qulaylik yaratish maqsadida, filial tomonidan mini-banklar tarmog‘ini kengaytirish ustida jadal ish olib borilmoqda. Ayni paytda Urgut, Dahbed, Sartepa, Zebo, Gulobod, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq, Oqdaryo mini-banklari o‘z faoliyatini samarali boshladi. Mazkur mini-banklarda aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda», — deya so‘zini yakunladi Alisher Musayev.
Albatta, bank uchun mijozlarning xohishi birinchi o‘rinda turadi. Bugungi kunda bank tomonidan zudlik bilan ko‘rsatilayotgan sifatli xizmat fuqarolar ishonchini oqlashda eng katta omil bo‘lib kelmoqda.
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kelgusida ham ishbilarmonlarga eng qulay shart-sharoitlarda bank xizmatlarini taqdim etishda davom etadi.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2026
Trastbank bosh sovrini “Lixiang Li 7” avtomobili bo‘lgan aksiya sovrindorlarini aniqladi
12:00 / 08.04.2026
Islomiy moliya: "Trastbank" XAB – ilk qadam qo‘yganlardan
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024