Jamiyat | 10:42 / 17.10.2018
2100
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi tomonidan notarius lavozimlariga onlayn tanlov o‘tkaziladi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2018 yilning 20 oktabr kunlari soat 10:00da vakant notarius lavozimlariga tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi Jamotchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Tanlov jarayonlarini internet tarmog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti (www.minjust.uz) va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Adliya bilan muloqot” sahifasi (https://www.facebook.com/groups/adliya/) orqali kuzatib borish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid