O‘zbekiston | 20:17 / 17.10.2018
3764
1 daqiqa o‘qiladi

Ekoturizm: Orol bo‘yida ikki festival o‘tkaziladi

19-20 oktabr kunlari Nukus va Mo‘ynoqda ikki ajoyib ekofestival o‘tkaziladi – "Orol dengizi va Mo‘ynoqning tiklanishi" hamda "Orol baliqlaridan 99 taom". 

Uzbekistan.travel'da ma'lum qilinishicha, festivallar doirasida Orolni tiklashga doir ilmiy anjuman, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘lkashunoslik muzeyi filiali sifatida Mo‘ynoq etnografik muzeyi ochilishi, baliqdan tayyorlangan taomlarni o‘z ichiga olgan  gastronomik tur va folklor ansambllar hamda ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shu bilan birga, Mo‘ynoq tumanida, Orol bo‘yida festival mehmonlariga ekoturizmning zamonaviy namunalari - o‘tovli lagerlardan tortib to jip va kvadrosikllardagi safarigacha namoyish qilinadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid