Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo saudiyaliklar Qoshiqchining yo‘qolishiga «aloqador emasligi» haqida gapirdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni vakili muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining Turkiyada yo‘qolib qolishiga o‘zlarining aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Pompeo hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi, u Qoshiqchi bilan sodir bo‘lgan hodisa haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lmoqchi. Avvalroq, ommaviy axborot vositalari jurnalist Turkiyadagi Saudiya konsulxonasida o‘ldirilgani haqida xabar qilgandi. Ta'kidlanishicha, Saudiya hukumati bu hodisaga aralashgan bo‘lishi mumkin.
«Bugungi uchrashuvlarda Saudiya yetakchilari Istanbuldagi konsullikda sodir bo‘lgan voqealar haqida ularda ma'lumot bor ekani haqidagi xabarlarni keskin rad etishdi», - dedi Pompeo.
Shuningdek, uning qayd etishicha, mamlakat vakillari ro‘y bergan voqeaga oydinlik kiritishga «qat'iy bel bog‘laganlar».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026