Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud yakşanba kuni keçqurun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot qildi. Saudiya podşohi saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining yöqolib qolişini suriştiruvdan ötkaziş böyiça qöşma guruhni tuziş ğoyasini qöllab-quvvatlaganligi uçun Turkiya rahbariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi xabar tarqatdi.

Aniqlik kiritilişiça, podşoh, şuningdek, Turkiya va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlarning barqarorligini va ikki mamlakatning ularni rivojlantirişdan manfaatdorligini ta'kidladi.

Öz navbatida, Turkiya prezidenti ikki mamlakat va xalqlar örtasidagi qardoşlik hamda tarixiy munosabatlarga yuksak baho berdi va unda ularni kuçaytiriş istagi borligini ta'kidladi, deya xabar beradi agentlik.

Jamol Qoşiqçi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga kirganidan söng ğoyib böldi. Hukumat talabi bilan u diplomatik vakolatxonada ajraşiş töğrisidagi hujjatlarni şaxsan qabul qilib olişi kerak edi. Jurnalist qalliğini kiraverişda qoldirgan, biroq qaytib çiqmagan.

Konsullik xodimlarining bildirişiça, u «ketib qolgan». Turkiya hukumatining taxminiga köra, Saudiya maxsus xizmatlari jurnalistni bino içida öldirişgan va öşa kuni boş konsullikka qayta-qayta kirgan, oynalari qoraytirilgan avtomobillarning birida jasadni olib çiqişgan. Kuzatuv kameralariga tuşib qolgan qora maşina qidiruvga berildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining rasmiy pozitsiyasi ma'lum qilingandi.