Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura faxriylari O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida sayohat qilishdi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, bir necha yillar mobaynida prokuratura organlarida ishlab, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda oldini olish borasida ulkan hissasini qo‘shgan prokuratura faxriylarining holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganilib, fikrlari bilan o‘rtoqlashilib kelinmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga Respublika Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati prokurorining tashabbusi bilan ichki turizm imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanib, joriy yilning 12 va 13 oktabr kunlari 6 nafar prokuratura faxriysi Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarining ko‘hna qadamjolari, tarixiy obidalarini ziyorat qilish va zamonaviy majmualarga sayohat qilishlari tashkillashtirilgan.
Faxriylar “Buyuk ipak yo‘li”ning yuragi bo‘lmish Samarqand shahrining Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi, Tillaqori, Sherdor madrasalari, Go‘ri-Amir, Shohi-Zinda, Bibixonim maqbaralariga sayohat qilib, Samarqandning yanada go‘zal va maftunkor qadim xarobalari, madrasa, maqbara va minoralarini hamda Shahrisabz shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qilish va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarixning nafasini his qilib, ma'naviy ozuqa olib qaytishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kelgusida faxriylarning Buxoro va Xorazm viloyatlariga sayohati rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 07.02.2026
Pokistonga sayohatlar ko‘paydi: o‘zbekistonliklar oqimi keskin oshgan
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
14:33 / 08.12.2025