Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmati joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati ishlab chiqilgan va Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtirilgan;
joriy etilayotgan interaktiv xizmat manfaatdor barcha foydalanuvchilarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma'lumotlarni Internet tarmog‘i orqali olish imkonini beradi.
Belgilab qo‘yilishicha:
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida axborot real vaqt rejimida taqdim etiladi;
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilishi hamda ularning ishonchliligini ta'minlash uchun vakolatli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborotini o‘z vaqtida yangilab borish va uning uzluksiz ishlashini ta'minlash bo‘yicha texnologik yo‘riqnomaga ko‘ra, “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining axborot bazasini shakllantirish bo‘yicha manfaatdor vakolatli organlar bilan hamkorlik ma'lumotlarni uzatish telekommunikatsiya tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining veb-saytida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini ta'minlaydi.
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotni kiritish, yangilash va ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida foydalanuvchilarga “Bosh administrator”, “Administrator”, “Mas'ul xodim” va “Foydalanuvchi” maqomlari beriladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining “Bosh administratori” hisoblanadi va vakolatli organlar tomonidan tayinlangan xodimlarga “Administrator” maqomini beradi.
Vakolatli organlarda tayinlangan “Administratorlar” “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmat bazasiga axborotni kiritish va yangilash uchun mas'ul xodimlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga kirish uchun ruxsat beradi.
Vakolatli organlarning “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida elektron hamkorlikni ta'minlash bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan barcha mas'ul xodimlari (bojxona organlari xodimlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kalitlariga ega bo‘lishlari kerak.
Bojxona organlari xodimlari “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kiradilar.
“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati bazasiga axborotni kiritish, uni yangilash va bekor qilish huquqiga faqat vakolatli organlarning mas'ul xodimlari hisoblangan va ro‘yxatga olingan foydalanuvchilar ega. Ro‘yxatga olinmagan foydalanuvchilarga ushbu amallarni bajarish man etiladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026