Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI davlat rahbarlari Brexit bo‘yicha muzokaralardan norozi
Foto: Yves Herman/Reuters
Yevropa ittifoqining 27 davlati rahbarlari Brexit bo‘yicha muzokaralarda olg‘a siljish yo‘q ekanidan afsusda. Bu haqda RIA «Novosti» manbaga asosan xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Bryusseldagi sammitda ishtirokchilar jadal bahs-munozaralarga qaramasdan, yetarli darajada o‘zgarishga erishilmaganini qayd etishdi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit masalasi bo‘yicha ichki qarshilikka duch kelgani haqida xabar qilgandi.
Ta'kidlanishicha, Tereza Meyning Yevropa ittifoqi bilan kelishuvni yil oxirigacha tugata olmasligi mamlakatni Brexit bo‘yicha qandaydir bitimsiz Yevropa ittifoqidan chiqishga yaqinlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq britaniyalik mashhur musiqachilar Tereza Meyga xat yuborishgani, ular Brexit’ga qarshi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026
Urush davrida o‘zbekistonlik askarga boshpana bergan britaniyalik oila taqdirlandi
17:51 / 28.04.2026