Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepadagi zo‘ravonlik bo‘yicha bayonot berildi - bezorilarga ayblov e'lon qilingan
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi internetda tarqalgan ko‘chadagi zo‘ravonlik videosi bo‘yicha bayonot berdi.
Videoda Uchtepa tumani hududida joylashgan «Al Hilol» kafesi oldida ikki kishi bo‘lib bir kishini urayotgani tasvirlangandi. Bu hodisa ikki hafta muqaddam sodir bo‘lgandi.
18 oktabr kuni «Kun.uz»da «Yana zo‘ravonlik: Ikki kishi bo‘lib bir yigitga qo‘qqisdan hujum qilib, do‘pposlashdi» sarlavhasi ostida material e'lon qilingandi.
«Ijtimoiy tarmoqda yosh yigitlar o‘rtasidagi mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqaldi, unda mojaroning ikki ishtirokchisi uchinchisini urayotgani tasvirlangan.
Mojaro noto‘g‘ri parkovka tufayli yuzaga kelgan. Jabrlanuvchi, qolgan ikki ishtirokchining aytishicha, o‘z avtomobilini boshqa bir mashinaga juda yaqin parkovka qilgan. Hodisa 4 oktabr kuni taxminan soat 19:15da Uchtepa tumanidagi «Al Hilol» kafesi oldida sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda hodisaning barcha ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilgan. Mazkur holat bo‘yicha 16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kaltaklangan yigit o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Bezorilik qilgan 24 yoshli Doniyor A. va 33 yoshli Anvarjon R.ga jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, bir guruh shaxslar tomonidan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.
Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Mavzuga oid
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
11:32 / 20.04.2026