O‘zbekiston | 14:07 / 18.10.2018
3582
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekgidroenergo” “Rusgidro” bilan hamkorlikni kuchaytiradi

Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi tashrifi doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda Rossiyaning “Rusgidro” AJlar o‘rtasida hamkorlik loyihalarini yanada mustahkamlash doirasida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Foto: O‘zbekgidroenergo

O‘zbekiston - Rossiya hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, gidroenergetika sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlik loyihalarni yanada mustahkamlash borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov “Rusgidro” AJ Bosh direktorining ilmiy ishlab chiqarish va loyihalashtirish bo‘yicha  o‘rinbosari Kirill Frolov hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Sergey Machexin bilan mamlakatda gidroenergetika sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr almashdilar. 

Bugungi kunda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari xususan, yangi GESlarni qurishda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi hamda sohada mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlab o‘tildi. Xususan, bugungi kungacha jamiyat tomonidan  “Rusgidro” AJga 30dan ortiq mutaxassislar malaka oshirib qaytgan.
 
Yuqori darajada o‘tgan muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratildi. Gidroenergetika sohasining bugungi holati va istiqboliga oid masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Mazkur tashrif va samimiy o‘tgan muloqot uchun “Rusgidro” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari Kirill Frolov hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Sergey Machexin o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik uchun tayyor ekanligini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid