Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bola bir maktabdan boshqasiga qanday o‘tkaziladi?
Qonunchilikka muvofiq ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozishicha, buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish lozim.
1. Farzand ta'lim olayotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi. Arizada farzandini boshqa maktabga o‘tkazish sabablari ko‘rsatiladi.
Mazkur ariza bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘qish ko‘chirilayotgan maktabga taqdim etish uchun tegishli shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.
2. O‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktoriga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga maktabdan ketish taloni va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma ilova qilinadi.
O‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olingan kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta'lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini berishi lozim.
3. Farzand o‘qiyotgan maktab direktoriga maktabga kelish talonini berish lozim.
Bunda shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi. Mazkur buyruq bilan ota-onalar tanishtirilib, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
o‘quvchining maktab o‘quvchilari safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
o‘quvchining tibbiy kartasi.
4. Hujjatlarni o‘qish ko‘chirilayotgan maktab direktoriga topshirish lozim. Bunda shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
O‘quvchini maktab o‘quvchilari safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026