Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonun (yangi tahrirda) prezident tomonidan imzolandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Qonundagi asosiy o‘zgarishlar:
• bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi;
• tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligi oshirildi;
• tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-tamoyillarida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha normalar kiritildi;
• bojxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazorat texnik vositalarini tatbiq etish bojxona organlarining asosiy vazifalari qatoriga kiritildi;
• bank idoralariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqdimnomalarini elektron shaklda taqdim etish amaliyoti kiritildi;
• bojxona organlari prezident tomonidan tashkil qilinishini belgilovchi yangi norma kiritildi;
• bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarishi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vosita va o‘qotar quroldan foydalanish shartlari, taqiqlari hamda xodimlarning huquq, majburiyat va javobgarligini belgilandi;
• bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi to‘lash, uy-joyga muhtoj va ko‘p yil benuqson xizmat qilgan xodimlarga uy-joy qurish yoki kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, yer uchastkalari ajratish haqidagi normalar kiritildi;
• bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolariga tibbiy muassasalar bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta'minot bilan ta'minlashning huquqiy asoslari belgilandi.
Mavzuga oid
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026