Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishini taxmin qildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, Rossiya-Amerika munosabatlari Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar arafasida ichki siyosiy manfaatlar qurboni bo‘ladi. U bu haqda «Perviy kanal»dagi «Bolshaya igra» teleko‘rsatuvi efirida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda bu milliy tomoshaga aylanmoqda, sababi Rossiya-Amerika munosabatlarining ko‘rinishi ko‘p jihatdan AQSh ichki siyosiy muhitining o‘ziga xos mahsulotidir.
«Hozir, katta ehtimol bilan, vaziyat yanada keskinlashadi. Buni osonlikcha taxmin qilish mumkin», - dedi Peskov.
Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp hozirgi paytda alohida munosabatlarga ega emas, chunki bunga imkoniyat ham bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml: Vashingtonning o‘zi tashabbus ko‘rsatmayotgani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026