Jamiyat | 17:16 / 19.10.2018
7833
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tadbirkor 41 million so‘mga aldandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 17 oktabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 6 oktabr kuni Yunusobod tumanida yashovchi G.M. Markaz 1-daha oldida A.S.dan umumiy qiymati 41 mln. 820 ming so‘mlik 9 dona erkaklar dublyonkasini sotib olishini va pulini uyidan olib chiqib berishini aytib aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan dublyonkalarini olib voqea joyidan yashiringan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida G.M. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid