AQSh va KXDR sammitining ehtimoliy sanasi ma'lum qilindi
Amerika ma'muriyatidagi manbaning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi keyingi sammit 2019 yilda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Manba so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi kelgusi yil boshida ro‘y berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va KXDR keyingi sammitining sanasi hamda o‘tkaziladigan joyi aytilgandi.
Yaponiyaning «Asaxi» gazetasi Qo‘shma Shtatlar hukumatidagi manbalariga tayangan holda xabar berishicha, AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi navbatdagi sammit noyabr oyida Yevropa shaharlaridan birida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Nashr manbalarining ishonch bildirishicha, sammit noyabr oyining o‘rtalarida o‘tkaziladi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Stokgolm va Jyeneva hozirgi vaqtda bu uchrashuvni o‘tkazish joyi sifatida ko‘rilmoqda, tomonlar shu hafta ushbu masalani muhokama qiladilar.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024