Amerika ma'muriyatidagi manbaning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar va Şimoliy Koreya örtasidagi keyingi sammit 2019 yilda ötkazilişi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Manba sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning uçraşuvi kelgusi yil boşida röy berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va KXDR keyingi sammitining sanasi hamda ötkaziladigan joyi aytilgandi.

Yaponiyaning «Asaxi» gazetasi Qöşma Ştatlar hukumatidagi manbalariga tayangan holda xabar berişiça, AQŞ va Şimoliy Koreya örtasidagi navbatdagi sammit noyabr oyida Yevropa şaharlaridan birida bölib ötişi mumkin.

Naşr manbalarining işonç bildirişiça, sammit noyabr oyining örtalarida ötkaziladi. Gazeta ma'lumotlariga köra, Stokgolm va Jyeneva hozirgi vaqtda bu uçraşuvni ötkaziş joyi sifatida körilmoqda, tomonlar şu hafta uşbu masalani muhokama qiladilar.