Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini dramatik tarzda yakunlandi
Foto: Getty Images
Angliya Premer-Ligasida 9-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 2:2 hisobidagi durangni qayd qildi.
Birinchi bo‘limda «Chelsi» biroz ustunlik qildi. 21-daqiqada Ryudiger o‘z goli bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda tashabbus mehmonlarga o‘tdi. Ular ikkita gol urib, irodali g‘alabani ilib ketishga yaqin edi. 55-daqiqada Marsial hisobni tenglashtirib, 73-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqqan edi. Ammo so‘nggi soniyalarda Barkli gol urib, «Chelsi»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
APL, 9-tur
Chelsi – Manchester Yunayted 2:2
20 oktabr, «Stemford Brij» stadioni
Gollar: 1:0 – 21 Ryudiger, 1:1 – 55 Marsial, 1:2 – 73 Marsial, 2:2 - 90+6 Barkli.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 69), Jorjino, Villian (Pedro, 73), Kante, Azar, Morata (Jiru, 79).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Yang, Smolling, Pogba, Matich, Mata (Errera, 75), Marsial (Pereyra, 84), Lukaku, Reshford (Sanches, 85).
Ogohlantirishlar: Matich (13), Yang (27), Ryudiger (30), Azar (34), Mata (67).
Mavzuga oid
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
21:25 / 05.01.2026