Jamiyat | 17:19 / 20.10.2018
5102
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Do‘stlik” festivali doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi 

Toshkent shahrining "Sayilgoh" ko‘chasi hamda yangi rus adabiyotining asoschisi — A.S.Pushkin haykali atrofida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi birinchi hududlararo Forum "Do‘stlik" festivali doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari va Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan yarmarkada o‘zbek va rus adabiyotshunos olimlari, yozuvchi va shoirlarining kitoblari arzonlashtirilgan narxlarda sotuvga qo‘yildi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

Shuningdek, madaniy tadbirlarda mutasaddi tashkilotlar tomonidan milliy va zamonaviy hunarmandchilik ko‘rgazmasi, o‘zbek rassomlarining asarlari, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari, raqs konsert dasturlari, milliy taomlarning tayyorlanishi va ularning savdosi ham tashkillashtirildi.

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

"Do‘stlik" shiori ostida madaniy tadbirlar va kitob yarmarkasi davom etmoqda.

Mavzuga oid