Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarga 21 nafar notarius vakant lavozimlarga tayinlandi
Avval e'lon qilinganidek joriy yilning 17 va 20 oktabr kunlari viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bo‘sh (vakant) davlat notarial idoralari notariusi lavozimiga tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda talabgorlarning davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, notariat hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Notarius lavozimiga tanlovda qatnashish uchun jami 42 nafar nomzod talabgor sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirdi.
Tanlovlar natijasida Buxoro viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta va Toshkent shahrida 7 ta davlat notarial idoralariga notarius tayinlandi.
Aloqa vositalaridan foydalanganligi uchun 1 nafar talabgor tanlovdan chetlashtirildi.
Mavzuga oid
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026
Xususiy kompaniya Adliya vazirligiga Kia K9 mashinasini nega bergandi?
16:44 / 21.02.2026
Amaldorlar daromadini deklaratsiyalash qonunini muhokamaga qo‘yish Adliya vazirligiga bog‘liq emasligi aytildi
09:44 / 16.02.2026