Jahon | 13:30 / 21.10.2018
8150
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda saylovlar vaqtidagi teraktlar oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida yo‘l yoqasida o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Nangarhar viloyati ma'muriyati xabariga ko‘ra, qurbonlar orasida 6 nafar bola ham bor.

Bu terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olayotgani yo‘q. Bu hududda «Tolibon» harakati ham, IShID ta'siridagi jangari guruhlar ham faol.

Nashrning qayd etishicha, portlash Afg‘oniston parlamenti quyi palatasi uchun saylovlarning ikkinchi kunida sodir etildi.

Saylovlar 20 oktabr kuni boshlangan, shanba kungi davomli portlashlar tufayli 40dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid