Afğoniston şarqidagi Nangarhar viloyatida yöl yoqasida örnatilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilişi oqibatida kamida 11 kişi halok bölgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Nangarhar viloyati ma'muriyati xabariga köra, qurbonlar orasida 6 nafar bola ham bor.

Bu terakt uçun javobgarlikni hozirça heç bir taşkilot öz zimmasiga olayotgani yöq. Bu hududda «Tolibon» harakati ham, IŞID ta'siridagi jangari guruhlar ham faol.

Naşrning qayd etişiça, portlaş Afğoniston parlamenti quyi palatasi uçun saylovlarning ikkinçi kunida sodir etildi.

Saylovlar 20 oktabr kuni boşlangan, şanba kungi davomli portlaşlar tufayli 40dan ortiq kişi halok bölgandi.