Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada rekord kattalikdagi laqqa baliq tutildi
Polshaning Tixi shahrida yashovchi Shimon Novoveyskiy rekord o‘lchamdagi laqqa baliqni qarmoqqa ilintirdi. Baliqchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z o‘ljasining suratlarini joylab, baliq 100 kgdan og‘irroq va uzunligi 260 santimetrligini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, u laqqa baliqni suvdan chiqarib olishdan oldin u bilan ancha olishishiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu laqqa baliq Polshada qachondir bo‘lsa ham tutilgan laqqa baliqlardan eng kattasi bo‘lib, u mamlakat janubidagi Ribnitskiy ko‘rfazida yashagan.
Baliqchining fikricha, yaqin oradagi elektr stansiyasidan chiquvchi iliq suv katta baliqlarning yanada o‘sishiga olib keladi.

Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:14 / 01.05.2025