Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Uchtepada haydovchini do‘pposlagan bezorilar kechirim so‘rashdi
Avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ikki yigit «noto‘g‘ri parkovka» sababli bir yigitni do‘pposlagani xabar qilingandi.
O‘zini hodisa jabrlanuvchisi deya tanishtirgan D.Sh.ning ma'lum qilishicha, hodisa joriy yilning 4 oktabr kuni Uchtepa tumanida joylashgan “Al Hilol”kafesi oldida yuz bergan.
Uning ta'kidlashicha, mashinasini joylashtirganidan so‘ng undan tushib ketayotgan vaqtida orqada turgan yigit uni chaqirib, mashinani uning mashinasiga yaqin qo‘yganligiga e'tiroz bildirgan. Qisqa munozara janjalga aylanib, o‘rtaga boshqalar ham qo‘shilgan va bir tomonlama do‘pposlash yuz bergan.
Mazkur do‘pposlanish natijasida D.Sh.ning jag‘i sinib, miyasi chayqalgan va kasalxonaga yotqizilgan.
«Yoshlar» telekanalida bu zo‘ravonlar haqida lavha namoyish etildi. Ular o‘zlarini nima uchun bunday tutishganini aytib berishdi va kechirim so‘rashdi.
Poytaxt IIBBning bildirishicha, hodisa 4 oktabr kuni taxminan soat 19:15da Uchtepa tumanidagi «Al Hilol» kafesi oldida sodir bo‘lgan.
«Mazkur holat bo‘yicha 16 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kaltaklangan yigit o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Bezorilik qilgan 24 yoshli Doniyor A. va 33 yoshli Anvarjon R.ga jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, bir guruh shaxslar tomonidan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha ayblov e'lon qilingan.
Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026