Fan-texnika | 11:30 / 22.10.2018
13550
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla 33 ming dollarlik arzon modellarni chiqardi

Foto: TESLA.COM

Tesla elektrokarlar ishlab chiqaruvchisi narxi 33 ming dollardan boshlanadigan Model 3’ning uchta versiyasini taqdim etdi. Ularga hozirdan buyurtma berish mumkin, ammo yetkazib berishni bir necha oy kutish kerak bo‘ladi.

Yangi taklif Tesla standart modellaridan farq qiladi. Eng arzon versiya, 33 ming dollarlik, energiya zaxirasi 418 kilometrga mo‘ljallangan akkumulyator bilan jihozlangan. Biroq, Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida boshqa narxni ko‘rsatgan: uning so‘zlariga ko‘ra, orqa uzatmali Model 3’ni 35 ming dollarga sotib olish mumkin, soliqlar chiqarib tashlansa va benzinni tejash hisobga olinsa, mashina egasi 31 ming dollar sarflaydi.

500 kilometrga mo‘ljallangan akkumulyator bilan jihozlangan boshqa ikkita model 42,2 dollar va 52,2 ming dollar turadi. Buyurtma paytida xaridor avtopilot funksiyasini ham qo‘shishi mumkin, u avtomobil narxiga yana 5000 dollar qo‘shadi, deya aniqlik kiritgan The Verge.

To‘liq uzatmali modellar uzoq masofalarga mo‘ljallangan, orqa uzatmalilar esa - o‘rtacha masofaga.

«Tesla’ning orqa uzatmasi chindan ham qor va muzda yaxshi ishlaydi. Biz muzli ko‘lda sinovlar o‘tkazdik! To‘la uzatma yaxshi, lekin sovuq ob-havoda talab qilinmaydi. Shunchaki, sport va yozgi shinalarni ishlatmang», - deya izoh berdi Tesla rahbari.

Mavzuga oid