Tesla elektrokarlar işlab çiqaruvçisi narxi 33 ming dollardan boşlanadigan Model 3’ning uçta versiyasini taqdim etdi. Ularga hozirdan buyurtma beriş mumkin, ammo yetkazib berişni bir neça oy kutiş kerak böladi.
Yangi taklif Tesla standart modellaridan farq qiladi. Eng arzon versiya, 33 ming dollarlik, energiya zaxirasi 418 kilometrga möljallangan akkumulyator bilan jihozlangan. Biroq, Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida boşqa narxni körsatgan: uning sözlariga köra, orqa uzatmali Model 3’ni 35 ming dollarga sotib oliş mumkin, soliqlar çiqarib taşlansa va benzinni tejaş hisobga olinsa, maşina egasi 31 ming dollar sarflaydi.
500 kilometrga möljallangan akkumulyator bilan jihozlangan boşqa ikkita model 42,2 dollar va 52,2 ming dollar turadi. Buyurtma paytida xaridor avtopilot funksiyasini ham qöşişi mumkin, u avtomobil narxiga yana 5000 dollar qöşadi, deya aniqlik kiritgan The Verge.
Töliq uzatmali modellar uzoq masofalarga möljallangan, orqa uzatmalilar esa - örtaça masofaga.
«Tesla’ning orqa uzatmasi çindan ham qor va muzda yaxşi işlaydi. Biz muzli kölda sinovlar ötkazdik! Töla uzatma yaxşi, lekin sovuq ob-havoda talab qilinmaydi. Şunçaki, sport va yozgi şinalarni işlatmang», - deya izoh berdi Tesla rahbari.












