Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Erdo‘g‘an Qoshiqchi hamda Branson ishini muhokama qilishdi
Foto: Kevin Lamarque/Reuters
AQSh va Turkiya prezidentlari Donald Tramp hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 21 oktabr kuni kechqurun telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu Turkiya prezidentining ofisiga tayangan holda xabar bermoqda.
Tramp va Erdo‘g‘an bir vaqtning o‘zida bir nechta mavzuni muhokama qilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, shuningdek, 12 oktabr kuni Anqara tomonidan ozod etilgan amerikalik pastor Endryu Branson haqida ketgan. Ularning suhbati tafsilotlari berilmagan.
Bundan tashqari, yetakchilar terrorizmga qarshi kurash, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi, shuningdek, «munosabatlarni normallashtirish va ularni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish»ga qaratilgan siyosatni tasdiqladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025
Livitt: Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, lekin prezidentlar bu hafta uchrashmaydi
08:53 / 07.11.2025