Jahon | 16:28 / 22.10.2018
11101
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik migrantlarning 4 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi

Foto: MBCNEWS

20 oktabr, shanba kuni Janubiy Koreyaning Kyonsan-Namdo viloyati, Kimxe shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

Koreyaning news.naver.com nashri xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida O‘zbekistondan kelgan migrantlarning to‘rt nafar farzandi jabr ko‘rgan. Ulardan biri, 4 yoshli bola hodisa tufayli halok bo‘ldi. Boshqa uch nafar bola jiddiy jarohat olgan.

Soat 19:40da boshlangan yong‘in yigirma daqiqadan so‘ng o‘chirildi. Bolalar binoning ikkinchi qavatida aniqlandi.

Boshqa ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 14 yoshli qiz ham bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid