Jahon | 10:03 / 23.10.2018
12791
1 daqiqa o‘qiladi

«Hammasi men tufayli». Obama Trampning iqtisodiy yutuqlari bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Ethan Miller/Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning ma'lum qilishicha, Amerika yetakchisi Donald Tramp tez-tez tilga oladigan iqtisodiy o‘sish uning prezidentlik muddati vaqtida boshlangan. Bu haqda CBS telekanali xabar qilmoqda.

Obama Las-Vegasda Demokratik partiya tarafdorlari mitingida shunday bayonot bilan chiqdi.

Obamaning ma'lum qilishicha, uning ikkinchi prezidentlik muddati tugagan vaqtda, AQShda ish haqi o‘sishi va sug‘urta qilinmagan fuqarolar sonining qisqarishi qayd etilgan.

«Men keyingi prezidentga mana shularni qoldirib ketdim. Shuning uchun, iqtisodiy mo‘'jizalar haqida uning barcha nutqlarini eshitganingizda, ularni kim boshlab berganini eslang», - dedi Obama.

Shuningdek, uning eslatishicha, agar saylovchilar oraliq saylovlarda ovoz berishmasa, Amerika demokratiyasi «xavf» ostida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid