OAV: Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgan

Foto: Chip Somodevilla/Getty Images
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 2016 yilda prezidentlikka nomzod Donald Tramp mag‘lub bo‘lganida va saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, o‘ziga reja tayyorlab qo‘ygan, deb yozmoqda New York Magazine Obamaning ikki nafar sobiq maslahatchisi - kommunikatsiyalar bo‘yicha sobiq yordamchi Jyennifer Psaki va uning spichrayteri Ben Roudsga tayangan holda.
Obamaning spichrayter Ben Roudsning jurnalga ma'lum qilishicha, ma'muriyatda o‘sha vaqtda xavotirlar uchun jiddiy sabablar bo‘lmagan, sababi Xillari Klinton g‘alaba qozongan taqdirda, Tramp saylov natijalarini qabul qilmagan bo‘lardi.
«Bu gipotetik vaziyat emas edi. O‘shanda Trampning o‘zi saylovoldi kampaniyasida bu haqda gapirdi», - dedi Rouds.
2016 yilgi saylovlarda Tramp saylovlar soxtalashtirilishi mumkinligi haqida o‘z taxminlarini ochiq bildirgandi.
Xususan, Obamaning rejasini yaratishga Amerika sobiq prezidentlari, respublikachi kongressmenlar, yuqori mansabdor shaxslar va hattoki AQSh sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays jalb etilgan bo‘lib, unda saylov natijalarini tasdiqlash orqali siyosiy inqirozni bartaraf etishga urinish nazarda tutilgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, agar Tramp Klintonning g‘alabasi bo‘yicha e'tiroz bilan chiqsa, unda ular natijani, shuningdek, AQSh razvedka hamjamiyatining «Rossiya aralashuvi» Klintonga emas, balki Trampga yordam bergani haqidagi xulosalarini tasdiqlashi ko‘zda tutilgan, deyiladi materialda. Ta'kidlanishicha, prezidentlik saylovlaridan oldin ayrim respublikachilar Rossiyaning aralashuvi haqida Amerika razvedkasi brifinglari orqali yaxshi bilgan.
Rossiya AQSh saylov jarayoniga aralashuvni rad etib keladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46 / 22.04.2025
Mavzuga oid

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

19:53 / 22.04.2025
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan quyosh panellari importiga bojlar belgiladi

13:15 / 22.04.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04 / 22.04.2025