Jamiyat | 14:24 / 23.10.2018
8166
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

2018 yilning 18 oktabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Keng kichik» MFY Farovon ko‘chasi 12-uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu fojiaga xonadon yerto‘lasiga o‘rnatilgan qo‘lbola (sertifikatlanmagan) suv isitish anjomi sabab bo‘lgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, gazda ishlovchi suv isitish anjomiga dudburon o‘rnatilmaganligi xamda yerto‘lada havo almashish tuynugi bo‘lmaganligi oqibatida, tabiiy gazni chala yonishi va is gazi hosil bo‘lishi yuzaga kelgan. Yerto‘lada to‘plangan is gazi (havodan yengil) yotoqxonaga ko‘tarilgan va xonadon egalarining halokatli zaharlanishiga olib kelgan.

“Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo‘lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang”, - deyiladi xabarda.

 

Mavzuga oid