Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB direktori Qoshiqchi ishini tergov qilish uchun Turkiyaga boradi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xaspel Turkiyaga borib, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda ishtirok etadi. Bu haqda NBC telekanali Amerika razvedkasidagi yuqori lavozimli vakilga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Xaspel yaqin vaqt ichida Turkiyaga uchib ketadi. Hozirgi paytda tashrif borasida boshqa tafsilotlar ochiqlanmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar berishicha, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026