Saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi podşohlikning Istanbuldagi konsulligida «böğib öldirilgan», bu holat u binoni tark etiş va yordam söraşga uringanidan söng yuz bergan. Bu haqda ABC telekanali nomini oşkor etişdan boş tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qildi.
Telekanal Qoşiqçini uşlab turgan şaxslar avvaldan uni öldirişni rejalaştirganmi yoki bu tasodifan yuz berganmi, bunga aniqlik kiritmadi.
Uning sözlariga köra, jurnalistning jasadi Istanbuldagi «mahalliy xodim»ga topşirilgan, u uni yöq qilişi kerak bölgan. Qoşiqçining jasadi hozir qayerda ekani noma'lumligiça qolmoqda.
Telekanal manbalari sözlariga köra, Qoşiqçining ölimi tufayli 15 kişi qölga olingan, ular Istanbulga Saudiya Arabistonidan jurnalist bilan konsullikda uçraşiş uçun maxsus kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya podşohi Qoşiqçining ölimiga oid ma'lumotlar ortidan amaldorlarni işdan haydagandi.













