Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Saudiya bosh konsulxonasidagi quduqdan Qoshiqchining jasadi bo‘laklari topildi
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining jasadi bo‘laklari Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi hududida joylashgan quduqdan topildi. Bu haqda Turkiyaning «Vatan» muxolif partiyasi rahbari Do‘gu Perinchak bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Haberler portali.
«Rasmiylar Qoshiqchining jasadi bo‘laklarini Saudiya bosh konsulxonasi hududidagi quduqdan topishdi», - deya aytib o‘tdi u.
Ushbu ma'lumotlar hozircha rasmiy ravishda tasdiqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026