Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti Ukraina va Slovakiyaga xavf haqida ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti
Polsha prezidenti Anjyey Dudaning ma'lum qilishicha, «Shimoliy oqim - 2» quvuri Ukraina va Slovakiya uchun energetik xavf tug‘diradi. Polsha rahbarining so‘zlari «Ukrinform» tomonidan keltirilgan.
«Shubhasiz, «Shimoliy oqim - 2» gaz quvurining qurilishi Ukraina, Slovakiyaga xavf soladi», - dedi Duda.
Shu bilan birga, Polsha rahbarining ta'kidlashicha, gaz quvuri Polshaga tahdid solmaydi, sababi mamlakat «zarur bo‘lgan choralarni» qabul qildi.
Dudaning ta'kidlashicha, Polsha Ukraina va Slovakiya rasmiylari bilan birdam hamda «Shimoliy oqim - 2» qurilishiga qarshi chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha sobiq vaziri Germaniya va Rossiya mamlakat bo‘yniga sirtmoq tashlamoqchi ekanini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:17 / 28.06.2025
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
17:19 / 13.03.2025