O‘zbekiston | 18:41 / 23.10.2018
5453
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo tariflar komissiyasi tuziladi

Foto: Dreamstime

2019 yilning 1 apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo tariflar komissiyasi tuziladi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligining yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar, narxlar oshirilishi yuzasidan ma'lumotlar va tariflar oshirilishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha rejalarida aytiladi.

Bunda elektroenergetika tarmog‘iga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi hamda joriy va kapital xarajatlarni qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash uslubiyoti ishlab chiqiladi va boshqalar yuklatiladi.

Shuningdek, 2019 yilning 1 martiga qadar xususiy, shuningdek xorijiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga, shu jumladan davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida, keng jalb etishni nazarda tutgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishning zamonaviy sxemasi ishlab chiqiladi.

Bunda, elektroenergiyani transportirovka qilish jarayonini to‘liq davlat nazorati ostida saqlab qolish hamda mahsulotlarni tanlovlar asosida bevosita elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalardan xarid qilishga qaratilgan zamonaviy elektroenergiyaning ulgurji bozori bosqichma-bosqich shakllantiriladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid