Jahon | 00:39 / 24.10.2018
8959
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi kompaniya xodimlariga sog‘lom uyqu uchun pul to‘lanadi

Yaponiyaning CRAZY kompaniyasi o‘z xodimlariga to‘g‘ri uyqu rejimi uchun pul to‘lashga qaror qildi. Agar xodim haftasiga kamida besh kun davomida olti soatdan ortiq uxlasa, shunday yo‘l tutiladi. Tashkilot matbuot xizmati vakili Miya Goray shu haqida xabar berdi. 

Gorayning so‘zlariga ko‘ra, bir ball bir iyenga teng. 

Besh kunlik davomiy uyqu uchun xodim 500 ball yoki iyen oladi. 

Agar xodim hafta davomida olti soatdan ortiq uxlaydigan bo‘lsa, u holda biryo‘la ming ballga ega bo‘ladi. 

Bir oy davomida sog‘lom uyqu rejimiga rioya qilishda davom etgan xodimlarga esa 1 ming iyen qo‘shimcha bonus to‘lanadi. Bir oyda qo‘shimcha 5 ming iyen (50 dollar atrofida) ishlab olish imkoni bor. Pullarni korporativ kafeda sarflash mumkin. Kelgusida kompaniya ballarni pullarga aylantirishni rejalashtirmoqda. 

Tizim uyali telefondagi ilova hisobiga ishlaydi, deya izohlaydi kompaniya vakili. U hatto kichik harakatlarni ham qayd etadi. Agar inson o‘rniga yotsa-yu lekin uxlamasa, bu vaqt uyquga sarflangan hisoblanmaydi. Barcha ma'lumotlar kompaniya boshqaruv markaziga yo‘llanadi va u yerda ballar hisoblanadi. 

Kompaniya ishchilariga shuningdek sog‘lom ovqatlanish ishlanmalarini inobatga olib tayyorlangan bepul lanch taqdim etiladi.

CRAZY kompaniyasiga 2012 yilda asos solingan va u to‘ylarni tashkil qilishga ixtisoslashgan. 
Yaponiya, uyqu

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid