OAV: Yelizaveta II ilk marotaba Brexit haqida ochiq gapirdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II birinchi marotaba kutilayotgan Brexit bo‘yicha ochiq gapirdi. Bu haqda The Daily Express yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, gap Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr bilan suhbat haqida ketyapti.
Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Qirollik Yevropa bilan «yangi hamkorlikka» intilmoqda. Uning qayd etishicha, Buyuk Britaniya va Niderlandiyani birlashtirib turgan qadriyatlar mamlakatning «eng katta boyligi» hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya internet-trollari amerikaliklarga Brexit yordamida ta'sir ko‘rsatishga uringani haqida xabar berilgandi.
Twitter ijtimoiy tarmog‘i tomonidan e'lon qilingan, «Rossiya feyk akkauntlari» kontenti arxivida ko‘rsatilishicha, Brexit masalasi bo‘yicha ovoz berish kuni Buyuk Britaniyada «internet-trollar» tomonidan mamlakatning Yevropa Ittifoqidan (YeI) chiqishi g‘oyasini ilgari surish kampaniyasi yuz bergan - Atlantic Council tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi.
Mavzuga oid
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
18:36 / 01.01.2023
Nima uchun Britaniya qirolichasi kutilmaganda oddiy fuqaroning to‘yiga tashrif buyurgan?
08:53 / 01.12.2022