Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Polshaga tahdid qildi
Polshaning mamlakat hududida Amerika diviziyasini joylashtirish rejasi Moskvani javob choralarini ko‘rishga majbur qiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri bayonot berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
«Bunday holatda biz (...) barcha yo‘nalishlardagi ehtimoliy harbiy tahdidlarni bartaraf qilishga tayyor turishimiz kerak bo‘ladi», — dedi u. Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Polshaning urinishlari besamar hamda mintaqa xavfsizligi barqarorligi va mustahkamligini ta'minlay olmaydi.
Mudofaa vaziri Moskva xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga urinayotganini va G‘arb bilan harbiy nizoga kirishishni istamayotganini ta'kidladi.
23 oktabr kuni Polsha prezidenti Anjyey Duda AQShning O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomadan chiqishi munosabati bilan mamlakat hududida Amerika qurollarini joylashtirish masalasi hozircha muhokama qilinmaganini ma'lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 20 oktabr kuni Qo‘shma Shtatlar shartnomadan chiqishini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mazkur shartnomani buzayotganligi uchun shunday qilishga majbur bo‘lgan. U Rossiya va Xitoy bilan yangi kelishuv tuzilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Rossiya TIV raketalar bo‘yicha yangi shartnoma tuzish imkoniyatini inkor qildi va AQShni javob choralari ko‘rishi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
13:17
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026