Jamiyat | 10:01 / 24.10.2018
5287
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini ommaviy sportga jalb etishga chaqirmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati ommaviy sport bilan faol shug‘ullanib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Mashg‘ulotlarda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari hamda respublika davolash muassasalari bosh shifokorlari qatnashdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

– Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, chiniqish hamda turli zararli odatlardan voz kechish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu jihatlarga rioya qilsak, ko‘plab xavfli xastaliklar, jumladan, miokard infarkt, insult, qandli diabet, onkologik kasalliklarning oldini olgan bo‘lamiz. Jismoniy faol insonning dunyoqarashi va fikrlashi ham sog‘lom, mehnatida esa unum bo‘ladi, – deydi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. – Aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, jumladan, ommaviy sportni keng targ‘ib qilish sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ham ustuvor vazifasidir. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ushbu yo‘nalishda malakali kadrlar bilan yetarli darajada ta'minlash, sohaning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, eng muhimi, sport tibbiyotini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 sentabr kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aholining barcha qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, sohada xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa ko‘plab dolzarb masalalarga e'tibor qaratilib, tegishli idora va mutasaddilar oldida turgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Mavzuga oid