Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati ommaviy sport bilan faol şuğullanib, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişda taşabbus körsatmoqda. Maşğulotlarda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari rektor va prorektorlari hamda respublika davolaş muassasalari boş şifokorlari qatnaşdi.

– Soğlom turmuş tarzini şakllantirişda töğri ovqatlaniş, jismoniy tarbiya va sport, şaxsiy gigiyenaga amal qiliş, çiniqiş hamda turli zararli odatlardan voz keçiş hal qiluvçi rol öynaydi. Uşbu jihatlarga rioya qilsak, köplab xavfli xastaliklar, jumladan, miokard infarkt, insult, qandli diabet, onkologik kasalliklarning oldini olgan bölamiz. Jismoniy faol insonning dunyoqaraşi va fikrlaşi ham soğlom, mehnatida esa unum böladi, – deydi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov. – Aholi orasida soğlom turmuş tarzi, jumladan, ommaviy sportni keng tarğib qiliş soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining ham ustuvor vazifasidir.

Uşbu yönalişda malakali kadrlar bilan yetarli darajada ta'minlaş, sohaning moddiy-texnik bazasini şakllantiriş, eng muhimi, sport tibbiyotini rivojlantiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 20 sentabr kuni ötkazilgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda aholining barça qatlamlarini sport bilan şuğullanişga jalb qiliş, sohada xususiy sektorni rivojlantiriş va boşqa köplab dolzarb masalalarga e'tibor qaratilib, tegişli idora va mutasaddilar oldida turgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.











