Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tezlikni oshirmang, Samarqand yo‘llarida fotoradarlar ishlamoqda!
Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida viloyat hududida 616 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Buning oqibatida 206 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 520 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining aksariyati viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida, asosan, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakatlanish tezligiga rioya etmasligi oqibatida yuzaga kelgan, deb yozadi «Zarafshon» gazetasi.
Jumladan, mazkur yo‘llarda yil boshidan buyon qayd etilgan 217 ta yo‘l-transport hodisasining 137 tasi aynan belgilangan harakatlanish tezligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Ushbu yo‘l-transport hodisalari natijasida 99 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. 162 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida ayni paytda viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari va Samarqand shahrining magistral ko‘chalarida «Arena» rusumli onlayn tartibda ishlovchi fotoradarlardan foydalanilmoqda. Mazkur uskuna yordamida 20 kunda belgilangan tezlikni oshirish bilan bog‘liq 18 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan.
Samarqand viloyatida foydalanilayotgan onlayn radarlar orqali belgilangan me'yordan oshirilgan tezlik qoidabuzarligi uchun haydovchilarning uy manzillariga jarima kvitansiyalari yuborilmoqda.
Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmatining KUN.UZ’ga taqdim etgan quyidagi videolavhasida manzilga yetib kelgan jarima kvitansiyalari bo‘yicha o‘z vaqtida (2 oy ichida) to‘lov qilmagan haydovchilarning avtomashinalari AutoCon onlayn tizimi orqali YPX postlari va ko‘chalarda aniqlanib, ular jarima maydoniga qo‘yilayotgani aks ettirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026