O‘zbekiston | 08:57 / 24.10.2018
5825
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Moskva energetika instituti filiali tashkil etiladi

Foto: Wikipedia

O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasining “MEI” Milliy tadqiqot universiteti filiali tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” (Rossiya Federatsiyasi) Federal davlat byudjyet oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moskva energetika instituti - energetika, elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, axborot texnologiyalari va menejment sohasida Rossiyaning yetakchi universiteti. 1930 yilda tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid