Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi amerikalik sayyohlar soni oshmoqda
2018 yilning yanvar oyidan avgustiga qadar O‘zbekistonga AQSh, Kanada va Amerika qit'asining boshqa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 9,9 ming nafarga yetdi - bu o‘tgan yilning xuddi shu vaqtiga (6,6 ming) nisbatan 48 foizga o‘sish demakdir. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
15 iyul-30 avgust oralig‘ida AQSh fuqarolari E-visa tizimidan elektron viza olish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallashgan. Bulardan 203 nafari - Kanada fuqarolari. Elchixona va "Amerika turistik agentlar jamiyati" (ASTA) o‘rtasida O‘zbekiston-AQSh turistik brendini ommalashtirishga doir memorandum imzolandi.
Shuningdek ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan italiyalik sayyohlar soni 47 foizga oshib, 9.3 ming kishini tashkil qildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga dipmissiya konsullik okrugi mamlakatlari - Turkiya, Albaniya, Iroq, JAR, Bolgariya, Ruminiya, Kiprdan kelgan kishilar soni 92 foizga oshib, 47.2 ming nafarni tashkil qildi.
Yuqoridagi davr oralig‘ida polshalik turistlar soni 57 foizga oshib, 1.9 ming nafarni tashkil qilgan. 15 iyuldan elektron viza olish tizimi yo‘lga qo‘yilganidan buyon Polsha O‘zbekistonga kirish vizasini olgan sayyohlar soni bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni qayd etmoqda.
Mavzuga oid
11:10
O‘qish maqsadida chet elga chiqqanlar soni kamaydi
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
11:00 / 10.06.2026