Jamiyat | 10:40 / 24.10.2018
6796
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz” AJ tadbirkorlarga manfaatli taklif bilan chiqmoqda

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlarga respublikamiz viloyatlarida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, baliqchilik va asalarichilik xo‘jaliklari va boshqa obektlar shaklida tayyor biznesni sotib olishni taklif etmoqda.

Kompaniya “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 156ta obektni ochiq savdolarga qo‘ygan bo‘lib, bu ularni xususiy mulkka aylantirishning noyob imkoniyatidir.

Qishloq joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan ishbilarmonlarni savdoga qo‘yilgan chorvachilik va kolbasa ishlab chiqarish sexlari, issiqxonalar va parrandachilik xo‘jaliklari, intensiv bog‘lar va bog‘dorchilik xo‘jaliklari, sovutish uskunalari va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari qiziqtirishi mumkin.

Shuni inobatga olish kerak, savdoga qo‘yilgan obektlarning ko‘pi tayyor biznes bo‘lib, deyarli qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydi. Bu tadbirkorlar, ayniqsa, viloyatlarda ish yurituvchi ishbilarmonlar uchun muvaffaqiyatli biznesning asosi bo‘lishi mumkin.

Savdolarga, shuningdek, viloyatlarda joylashgan tayyor korxonalar ham qo‘yilgan. Ular orasida to‘qimachilik korxonalari, do‘konlar binolari, omborxonalar, yotoqxonalar, poliklinikalar, sport majmualari va, hattoki, zotdor otlarni ko‘paytirish va tayyorlash majmuasi qo‘yilgan.

Obektlarning to‘liq ro‘yxati bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rasmiy sayti www.uzneftegaz.uz ning “Aktivlarni sotish” bo‘limida yaqindan tanishsangiz bo‘ladi. Tadbirkorlar mazkur bo‘limda aktivlar ro‘yxati va har bir obekt bo‘yicha batafsil ma'lumotni olishlari mumkin. Shuningdek, qiziqtirayotgan savollar bo‘yicha murojaat qilinadigan shaxslar ma'lumotlarini ham.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘zlarining tadbirkorlik imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilmoqda. Biznesni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun yaxshi zamin bo‘lmish ushbu obektlarni xarid qilish orqali Siz muvaffaqiyat sari qadam qo‘yasiz!

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining obektlarni sotib olish bo‘yicha telefon raqami: (71) 236-02-16.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid